» » Toshkent IIBB Yunusoboddan topilgan 4 yoshli qizchaning ota-onasini qidirmoqda

Toshkent IIBB Yunusoboddan topilgan 4 yoshli qizchaning ota-onasini qidirmoqda


Poytaxtning Yunusobod tumani IIB faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika inspektori tomonidan 9-dekabr kuni 11-kvartal 3-uy yaqinidan to‘rt yoshlar atrofidagi qizcha topilgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Bolaning so‘zlariga qaraganda, uning ismi Isayeva Lida To‘lqinovna. Qizaloq yaqinlari, ularning yashash joyi haqidagi ma’lumotlarni ayta olmagan.

Hozirda Lida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida.

Lidaning belgilari: bo‘yi 85—90 santimetr, sochlari och rangda yelkasigacha, ko‘zlari qora. Ko‘k rangdagi jinsi kurtka, qora etikda, boshida — qizil shapka.

Bolaning ota-onasi yoki qarindoshlari, shuningdek, uni taniganlar uning ota-onasi, boshqa qarindoshlari haqidagi ma’lumotlarni 71-231-87-56 raqamlari bo‘yicha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi yoki 102 orqali ma’lum qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют