» » YChL. “Portu” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi, “Lokomotiv” esa yana yutqazdi (video)

YChL. “Portu” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi, “Lokomotiv” esa yana yutqazdi (video)


11-dekabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining “D” guruhida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur guruhda “Portu” birinchi o‘rin masalasini, “Shalke-04” esa ikkinchi o‘rinni hal etib bo‘lgandi. “Portu” so‘nggi turda safarda “Galatasaroy” mehmoni bo‘lib, 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi esa safarda “Shalke-04”ga qarshi o‘yinda 0:1 hisobida yutqazdi.

Shu tariqa “Portu” guruh bosqichini birinchi, “Shalke-04” esa ikkinchi pog‘ona bilan yakunladi. Ikkala jamoa pley off bosqichida qatnashadi. “Galatasaroy” esa Yevropa Ligasida ishtirok etadi. “Lokomotiv” uchun yevrokuboklar mavsumi nihoyasiga yetdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

6-tur bahslari

11-dekabr, seshanba

“Shalke-04” – “Lokomotiv” 1:0

Gol: 1:0 – 90 Shopf.

“Galatasaroy” – “Portu” 2:3

Gollar: 0:1 – 17 Felipe, 0:2 – 42, penalti Marega, 1:2 – 45, penalti Feguli, 1:3 – 57 Serjiu Oliveyra, 2:3 – 65 Derdiyok.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют