» » YChL. “Inter” “Barselona”ni yuta olmadi, “Tottenhem” esa PSV bilan durang o‘ynab ham pley-offga chiqdi

YChL. “Inter” “Barselona”ni yuta olmadi, “Tottenhem” esa PSV bilan durang o‘ynab ham pley-offga chiqdi


11-dekabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining “B” guruhida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“B” guruhida 1-o‘rin masalasini “Barselona” 13 ochko bilan muddatidan avval hal etgandi. Kataloniyaliklar so‘nggi turda 7 ochkosi bor “Tottenhem”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar safida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlardan Lukas Moura o‘yin so‘ngida muvozanatni tikladi.

7 ochkoga ega “Inter” o‘z maydonida guruh autsayderi PSVni mehmon qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlar safida Ikardi gol kiritgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Losano o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Guruhda 2-o‘rinnni “Tottenhem” egallab, “Barselona” bilan birga pley-offga yo‘l oldi. “Inter” esa o‘z ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

6-tur bellashuvlari

11-dekabr, seshanba

“B” guruhi

Gollar: 1:0 – 7 Dembele, 1:1 – 85 Lukas Moura.

Gollar: 0:1 – 13 Losano, 1:1 – 73 Ikardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют