» » YChL. “Liverpul” Salohning goli evaziga “Napoli”ni mag‘lub etdi, PSJ esa “Srvena Zvezda”ni tor-mor qildi(video) 

YChL. “Liverpul” Salohning goli evaziga “Napoli”ni mag‘lub etdi, PSJ esa “Srvena Zvezda”ni tor-mor qildi(video) 


11-dekabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining “C” guruhida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“C” guruhida 6-turdan oldin 6 ochkoga ega bo‘lib turgan “Liverpul” 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan “Napoli” qabul qilib, Muhammad Salohning 34-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi. Natijada “Liverpul” pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

8 ochko bilan guruhda ikkinnchi o‘rinni band etib turgan PSJ safarda “Srvena Zvezda” mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Parijliklar safida Edinson Kavani, Neymar, Markinyos va Kilian Mbappe o‘z nomiga bittadan gol yozib qo‘ydi.

Natijada parijliklar 11 ochko bilan, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va pley-offga yo‘llanma oldi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

6-tur bellashuvlari

11-dekabr, seshanba

Gol: 1:0 – 34 Saloh

Gollar: 0:1 – 9 Kavani, 0:2 – 40 Neymar, 1:2 – 56 Gobelich, 1:3 – 74 Markinyos, 1:4 – 90 Mbappe.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 03:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют