» » Putin Rossiya qamoqxonalarining to‘lib ketganligiga e’tibor qaratdi

Putin Rossiya qamoqxonalarining to‘lib ketganligiga e’tibor qaratdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat qamoqxonalarining to‘lib ketish muammolariga e’tibor qaratdi. Bu haqda RT xabar berdi.

Putinning ta’kidlashicha, bitta kamerada o‘nlab kishilarning o‘tirishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir.

Noyabr oyining o‘rtasida Jazoni ijro etish federal xizmati rahbarining o‘rinbosari sobiq politsiya xodimlari uchun mo‘ljallangan axloq tuzatish koloniyalari to‘lib bo‘lganini ma’lum qilgan va yangilarini qurish zarurligini aytgan. Uning fikricha, sudlangan politsiya xodimlari sonining ko‘payib ketishi antikorrupsion tadbirlar bilan bog‘liq.

Jazoni ijro etish federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning 707 ta axloq tuzatish koloniyalarida 571 ming nafar mahbus jazoni o‘tamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют