» » Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar 45 million so‘mdan ortiq parfyumeriya va 8 litr spirt mahsulotlari ushlab qoldi

Qoraqalpog‘istonda bojxonachilar 45 million so‘mdan ortiq parfyumeriya va 8 litr spirt mahsulotlari ushlab qoldi


O‘zA xabar berishicha , “Dout ota” chegara bojxona posti orqali X.S. boshqaruvida bo‘lgan avtomashina bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ichida nazoratda taqdim qilinmagan va xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan jismoniy shaxslar uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lgan qiymati 45 million 435 ming so‘mlik 618 dona parfyumeriya va 8 litr spirt mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shuningdek, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Do‘stlik” bojxona posti orqali tovarlarni noqonuniy ravishda olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs 2 turdagi sifati kafolatlanmagan qandolat mahsulotlarini bojxona posti tashqarisidagi avtoturargohda o‘zi oldindan kelishib qo‘ygan fuqarolardan qabul qilib, Nexiya avtomashinasiga ortayotgan vaqtida fosh qilindi.

Natijada, qiymati 6,2 million so‘mlik 1 ming 630 dona shirinliklarning yashirincha olib kirilishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldi olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют