» » Andijonda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining 40 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi

Andijonda harbiy xizmatchilar oila a’zolarining 40 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi


Andijon shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Andijon harbiy prokuraturasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Andijon shahridagi mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan 45 ta tashkilot 1000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Andijon garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni davom ettirish, ularni ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yarmarkada Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, shuningdek, viloyat davlat idoralari rahbarlari qatnashdi.

Yarmarka davomida harbiy xizmatchilar oila a’zolarining 40 nafari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi.

Bundan tashqari, Andijon garnizonida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining oila a’zolari bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari ham o‘rganib chiqildi.

Shuningdek, bu kabi yarmarka bugun, 11-dekabr kuni Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida ham o‘tkazildi. Toshkent shahrining 3 ta tumani bo‘yicha tashkil etilgan yarmarkada jami 150 ga yaqin harbiy xizmatchilarning oilalari ishtirok etdi.

30 dan ortiq davlat tashkilotlari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashgan yarmarka yakunida 60 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga yo‘llanmalar taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют