» » O‘zbekiston “din erkinligining buzilishi” uchun kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi

O‘zbekiston “din erkinligining buzilishi” uchun kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi


AQSh bosh kotibi Mayk Pompeoning bayonotida keltirilishicha, O‘zbekiston “din erkinligining jiddiy buzilishlari”da ishtirok etadigan yoki sabrli munosabatda bo‘ladigan maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror 28-noyabr kuni qabul qilingan. Ushbu ro‘yxatga shuningdek Komor orollari va Rossiya ham kirgan.

XXR, Eron, KXDR, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator mamlakatlar diniy erkinlikni buzayotganlar ro‘yxatiga kirgan.

“Men Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston mamalakatlari 1998-yilgi xalqaro din erkinligi to‘g‘risidagi qonunga asosan alohida notinch mamlakatlar ekanligini aniqladim, sababi ular tizimli, davomli va jiddiy ravishda din erkinligini buzishda ishtirok etadi”, — deydi Pompeo.

Dunyoning ko‘p joylarida odamlar o‘z e’tiqodlariga amal qilgani uchun hibsga olish va hatto o‘limgacha bo‘lgan tahdidlarga duch kelishda davom etmoqda, — deydi bosh kotib.

“AQSh bu kabi holatlarga qo‘l qovushtirib qarab turmaydi”, — deydi Pompeo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют