» » Forbes 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingini e’lon qildi.

Forbes 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingini e’lon qildi.


Forbes jurnali 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Mazkur mualliflar joriy yil mobaynida AQShda 24,5 million kitob sotish va 283 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni 86 million dollar bilan detektiv romanlar muallifi, amerikalik yozuvchi Jeyms Patterson egalladi.

Ikkinchi o‘rinda 54 million dollar bilan Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi Joan Rouling qayd etildi.

Uchlikni “vahimali asarlar qiroli” Stiven King 21 million dollar bilan yakunlab bergan.

Eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilar reytingiga Jon Grishem, Den Braun, Jeff Kinni, Maykl Vulf, Nora Roberts, Daniela Stil, Rik Riordan va Erika Leonard Jeyms ham kirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют