» » Davlat xizmatlari agentligining Farg‘ona viloyatidagi markazlari 11 oyda 488 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatdi

Davlat xizmatlari agentligining Farg‘ona viloyatidagi markazlari 11 oyda 488 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatdi


Farg‘ona viloyati shahar va tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning 11 oyida 488 mingdan ortiq davlat xizmati ko‘rsatildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 488 ming 540 davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 28 ming 210 tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Aholiga hamda tadbirkorlik subyektlariga 141 mingdan ortiq elektron raqamli imzo sertifikati berildi.

102 mingga yaqin bola maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirildi. Shuningdek, ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchun viloyat bo‘yicha 8 ming 383 murojaat qabul qilindi.

Hozirda markazlar tomonidan 100 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Xizmatlar soni yil davomida ortib bordi. May oyidan Qo‘qon, noyabrdan boshlab esa Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytgacha 5464 fuqaroga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют