» » O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar yong‘inga qarshi yiliga kamida 2 marotaba tekshiriladi

O‘zbekistonda korxona va tashkilotlar yong‘inga qarshi yiliga kamida 2 marotaba tekshiriladi


Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Yo‘riqnomaga muvofiq, davlat yong‘in nazoratini (DYoN) amalga oshirishda yuqori turuvchi inspektorlarning ko‘rsatmalari va farmoyishlari quyi inspektorlar tomonidan bajarilishi shart hamda ularning faoliyatiga boshqa mansabdor shaxslarning aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yo‘riqnoma bilan DYON organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Xususan? davlat yong‘in nazorati organlari doimiy ravishda yong‘inga qarshi targ‘ibotni olib borishi lozim.

Har bir inspektor oylik ish reja-jadvalini tuzadi. Rejadagi ayrim tadbirlar bajarilmay qolgan holatlarda bajarilmaganligi sabablari haqida bildirgi yoziladi.

Yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (obyektlar) DYoN organi rahbarining farmoyishi bilan inspektorlarga biriktiriladi. Ushbu farmoyish amal qilish muddati tugagandan so‘ng uch yil saqlanadi.

Obyektlar ish rejalar asosida yiliga kamida ikki marotaba, ya’ni rejali va nazorat tartibida tekshiriladi.

Aholi yashash uylarini tekshirish xususiy mulk egalari yoki ijarachining roziligi asosida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют