» » Facebook ofisi bomba haqidagi xabardan so‘ng to‘liq evakuatsiya qilindi

Facebook ofisi bomba haqidagi xabardan so‘ng to‘liq evakuatsiya qilindi


12-dekabr Facebook’ning Kaliforniyadagi (AQSh) bir necha ofisi minalashtirilgani haqidagi qo‘ng‘iroqdan so‘ng, to‘liq evakuatsiya qilindi. Bu haqda Menlo Park shahrining politsiya mahkamasi ma’lum qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ma’lum bo‘lishicha, kaliforniyalik politsiyachilarga Facebook ofisi minalashtirilgani haqidagi xabarni Nyu-Yorkdagi hamkasblari berishgan.

Kompaniya rahbariyati, qo‘shni binolardagi odamlarni ham evakuatsiya qilishni talab qilgan. San-Mateo okrugining politsiyachilar barcha binolarni maxsus o‘rgatilgan itlar yordamida tekshirib chiqqan, biroq bomba topilmagan.

Bundan avval, bomba haqida berilgan xabardan keyin, CNN telekompaniyasi xodimlari ham evakuatsiya qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют