» » Innovatsion rivojlanish vazirligi “Buyuk Kelajak” bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi “Buyuk Kelajak” bilan hamkorlik memorandumini imzoladi


7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Buyuk Kelajak” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda “UzDaily” xabar berdi.

Unga ko‘ra qonun va me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va takomillashtirish, jumladan, 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Buyuk Kelajak” ekspertlarining xalqaro tajribasidan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, O‘zbekistonni Global innovatsion indeksi bo‘yicha TOP—50 davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bosh maqsad qilib belgilangan.

“Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘lida amaliy bilimlar va loyihalarni ishlab chiqishda O‘zbekistonning intellektual imkoniyatlaridan samarali foydalanish niyatida tuzilgan.

Bugungi kunga kelib Ekspertlar kengashi o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lgan, Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Daniya Shveysariya, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston, Finlyandiya kabi davlatlarda istiqomat qiladigan 240 nafardan ko‘proq o‘zbekistonliklarni birlashtirgan.

Memorandumda yetakchi oliy ta’lim muassasalarida Forsayt markazlarini tuzish orqali innovatsion faoliyat rivojlanishini prognozlashtirish, shuningdek innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha ilmiy seminarlar, mahorat darslari, biznes-treninglar tashkil etish nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют