» » “Barselona” 5 yildan beri Chempionlar Ligasida o‘z maydonidagi o‘yinlarda yutqazmayapti

“Barselona” 5 yildan beri Chempionlar Ligasida o‘z maydonidagi o‘yinlarda yutqazmayapti


“Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida “Tottenhem”ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Mezbonlar safida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, “shporlar”dan Lukas Moura muvozanatni tikladi. Natijada tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Shu tariqa “Barselona” “Bavariya” tomonidan qayd etilgan uy uchrashuvlaridagi 29 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz o‘yinlar seriyasi rekordini takrorladi. “Barselona” so‘nggi bor yevrokuboklar doirasida “Kamp Nou”da 2013-yil sentabrida mag‘lubiyatga uchragandi.

Shundan so‘ng jamoa 26 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, 3 ta o‘yinda esa durang qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют