» » Yangi tashkil etilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi

Yangi tashkil etilgan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi


Prezident Farmoni bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tashkil etildi, deb yozadi O‘zA.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmon bilan Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

Qo‘mita Hukumatning Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.

Farmonga muvofiq: 

Qo‘mita rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.??



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют