» » Xorazmda boy xonadonlarga bosqinchilik uyushtirish maqsadidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi

Xorazmda boy xonadonlarga bosqinchilik uyushtirish maqsadidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi


Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida o‘ziga to‘q xonadonlarga bosqinchilik uyushtirib, boylik orttirish niyatidagi jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar bermoqda.

1984-yilda Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tug‘ilgan, lekin ancha yillardan buyon Toshkent shahrida yashab kelayotgan, V.A. 2018-yilning noyabr oyi oxirlarida tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga keladi. Afsuski ushbu safardan uning maqsadi, qishloqdoshlari bilan diydorlashish, qishlog‘idagi o‘zgarish va yangilanishlarni ko‘rib zavq olish emas edi. Chunki u o‘zi bilan gaz to‘pponchasi, elektroshoker moslamasi, fonar, skoch, arqon shuningdek ikkita qora niqob va qo‘lqop olib kelgandi. Maqsad esa yagona, tumandagi o‘ziga to‘q xonadonlarning biriga yarim tunda bostirib kirib, xonadon egalariga tegishli boylikni bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish edi. O‘ziga bu borada sherik izladi, chunki u Hazorasp tumanida yashovchi fuqarolarning qaysi birini uyida boyligi borligi-yu, bosqinchilik paytida qanday darajada qarshilik ko‘rsatilishini bilmas edi. Bu borada unga Hazorasplik 1975-yilda tug‘ilgan B.O‘. va  1993-yilda tug‘ilgan Q.M. lar  “sheriklik” qiladigan bo‘ldi.

Bosqinchilarning “nishoniga” Hazorasp tumanida yashab, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaroning xonadoni tushdi. Chunki ushbu xonadonda ular ko‘zlagan mablag‘ bor bo‘lishi mumkinligi bilan birgalikda, uyda faqat ayollar yashashligi jinoiy guruh a’zolariga ma’qul kelgandi.

2018-yilning 10-dekabr kuniga o‘tar kechasi, soat 02:30 larda yuqoridagi sovuq qurollar bilan qurollanib, yuzlariga niqob taqib olgan ushbu shaxslar rejadagi xonadonga kirishga uringan paytlarida ichki ishlar organlarining tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ana shu tariqa Hazorasp tumanida sodir etilishi aniq bo‘lgan bir mudhish jinoyatning oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumondorlar extiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют