» » Qoraqalpog‘istonlik 10-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon” tanlovida Spark yutib oldi

Qoraqalpog‘istonlik 10-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon” tanlovida Spark yutib oldi


“Yosh kitobxon” tanlovining 15—19 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegayli tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kokanova Nursulu birinchi o‘rinni egalladi va Prezident sovg‘asi – Spark avtomobili bilan taqdirlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

2-o‘rinni Andijon viloyati Paxtaobod tumani 34-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi Dilnavoz Ne’matullayeva qo‘lga kiritdi. 3-o‘ringa esa buxorolik Baxriddin Rafiqov munosib deb topildi.

Avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 24-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Mahliyo O‘roqova mazkur tanlovning 10—14 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi – Spark avtomobili bilan taqdirlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют