» » “Barselona” La liga peshqadamiga aylandi. Beyl qizil olgan o‘yinda “Real” o‘z maydonida 3 ta gol o‘tkazib yubordi

“Barselona” La liga peshqadamiga aylandi. Beyl qizil olgan o‘yinda “Real” o‘z maydonida 3 ta gol o‘tkazib yubordi


Ispaniya La ligasining 25-turiga kelib “Barselona” peshqadamga aylandi. O‘z maydonida “Sporting”ni qabul qilgan klub 5 ta gol farqi bilan zafar quchdi.

Shu tariqa Kataloniya klubi ochkolari sonini 57 taga yetkazib oldi. Undan bitta kam o‘yinda maydonga tushgan Madridning “Real” klubi hisobida esa 56 ochko bor. Qoldirilgan o‘yinda “Real” Vigoga tashrif buyurib, “Selta” bilan hisob-kitob qilishi kerak bo‘ladi.

Kecha — 1-mart kuni “Qirollik klubi” o‘z uyida 2 ochko boy berdi. “Las-Palmas”ga qarshi ikkinchi bo‘limni mezbonlar Garet Beylning maydondan chetlatilishi sabab bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

“Real”ni mag‘lubiyatdan Krishtianu Ronaldu qutqarib qoldi. U avvaliga penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, o‘yin asosiy vaqti yakuniga 1 daqiqa qolganida najot golini urishga erishdi.

Ispaniya La ligasi
25-tur
1-mart, chorshanba

Gollar: Lionel Messi, 9 (1:0). Xuan Rodriges, 11-avt (2:0). Karlos Kastro, 21 (2:1). Luis Suares, 27 (3:1). Pako Alkaser, 49 (4:1). Neymar, 65 (5:1). Ivan Rakitich, 87 (6:1).

Gollar: Bruno Soriano, 2 (0:1). Roberto Soldado, 27-pen (0:2). Roberto Torres, 64-pen (1:2). Santos Borre, 74 (1:3). Santos Borre, 78 (1:4).

Gollar: Mubarak Vakaso, 38 (1:0). Isaak Kuenka, 53 (2:0). Viktor Kamarasa, 57 (2:1).
Chetlatishlar: Aleksis, 90+4 (A). Aleksandar Katai, 90+5 (A).

Gollar: Isko, 8 (1:0). Tana, 10 (1:1). Xnatan Viyera, 56-pen (1:2). Kevin-Prins Boateng, 59 (1:3). Krishtianu Ronaldu, 86-pen (2:3). Krishtianu Ronaldu, 89 (3:3).
Chetlatish: Garet Beyl, 47 (R).

Gollar: Yago Aspas, 21 (1:0). Xerard, 28 (1:1). Daniel Vass, 30 (2:1). Pablo Pyatti, 32 (2:2).
Chetlatish: Andreu Fontas, 43 (E).

Опубликовано: admin (2-03-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют