» » Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi


Ohangaron shahar 5-umumta’lim maktabi o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Kun.uz” manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 9-sinf o‘quvchisining jonsiz tanasi 10-dekabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, marhum o‘g‘il bola o‘zini dorga osgan.

Bunga aynan nima sabab bo‘lgani rasman ma’lum emas, ayrim xabarlarga ko‘ra, o‘quvchi o‘sha kuni maktabda “2” baho olganidan tushkunlikka tushgani aytilmoqda.

Toshkent viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 24-maktabning 10-sinf o‘quvchisi S.N. 6-dekabr kuni yashash xonadonining tomida o‘zini osib qo‘ygan edi. 27-noyabr kuni esa Shahrisabzdagi 1-litseyning 6- sinfida o‘qiydigan bola o‘z uyida osilgan holda topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют