» » Qo‘rg‘ontepada 5 nafar fuqaro qurollarini o‘z ixtiyori bilan topshirdi

Qo‘rg‘ontepada 5 nafar fuqaro qurollarini o‘z ixtiyori bilan topshirdi


Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi Bahromjon Mamadaliyev eski uyining pol qismini buzayotib, temir sandiqda bo‘lgan, marhum otasi Tursunali Mamadaliyevga tegishli 1 dona IJ rusumli ov miltig‘ini topib oldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Tabiiyki, uning xayoliga kelgan birinchi fikr qurolni sotish orqali keladigan katta daromad bo‘ldi. So‘ng ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbir davomidagi tushuntirish ishlarini esladi. O‘shanda ular tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishini aytib o‘tgandi.

Biroq, shu moddaning 3-qismida “Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi”, deyilganligini ham yaxshi esladi. Buni anglab yetgan Bahromjon shu zahoti tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirdi.

“Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan mavzuga doir profilaktik tadbirlar yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Olib borilgan tushuntirish ishlari samarasi tufayli shu kungacha 5 nafar fuqaro o‘z ixtiyori bilan noqonuniy saqlab kelinayotgan qurollarni topshirdi”, — deydi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Sanjarbek Solijonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют