» » Toshkentda IIBB bo‘linmalaridagi navbatlar muammosi hal etilganligi ma’lum qilindi

Toshkentda IIBB bo‘linmalaridagi navbatlar muammosi hal etilganligi ma’lum qilindi


Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida IIBB tumanlararo bo‘linmalaridagi navbatlar masalasini ko‘tarib chiqqan maqola chop etilgan edi. Bunga javoban poytaxt IIBB bo‘linmalardagi navbatlar bilan bog‘liq muammoga bir qator choralarni qo‘llash orqali deyarli barham berilganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno”.

“IIBB bo‘linmalaridan bir qator vazifalar olinmoqda, bu odamlar oqimini qisqartirish imkonini beradi”, — deya ta’kidladi boshqarma.

Mazkur choralar jumladan:

Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish — mazkur vazifa Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazlariga topshirilmoqda.

Haydovchilik guvohnomalarini qaytarish

2018-yilning 1-noyabridan ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan YHQ buzganlik uchun jarimalarni to‘lashning billing tizimi joriy etildi.

Jarimalarni to‘lash

Bugungi kunda Payme servisi foydalanuvchilari YHQ buzganlik uchun jarimalarni mobil telefon yoki kompyuteri yordamida to‘lashi mumkin.

Texnik ko‘rikdan o‘tkazish

Hozirda jismoniy shaxslar avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rigi Toshkent shahar IIBB to‘rtta tumanlararo bo‘linmasida o‘tkazilmoqda. Biroq yil boshidan buyon texnik ko‘rikdan o‘tkazishni bosqichma-bosqich tadbirkorlik subyektlariga o‘tkazish amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют