» » 2019-yilda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi 2 barobar oshishi mumkin

2019-yilda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar hajmi 2 barobar oshishi mumkin


2019-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi joriy yil bilan taqqoslaganda ikki barobar oshib, 4,1 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda 12-dekabr kuni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“2018-yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,4 milliard dollar darajasida”, — dedi Investitsiyalar davlat qo‘mitasining xorijiy hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Sim.

Uning baho berishicha, 2019-yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi yuqori darajadagi tashriflar, shuningdek, mamlakatda va xorijda xalqaro biznes-forumlar o‘tkazish davomida imzolangan loyihalar hisobiga 4,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют