» » Armanistonda rossiyalik harbiy qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi

Armanistonda rossiyalik harbiy qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi


Armanistonning Gyumri shahrida Rossiya harbiy bazasi harbiy xizmatchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

U mahalliy ayolning o‘limida ayblanmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

Avvalroq mahalliy OAV 3-dekabr kuni Gyumrida kaltaklanish oqibatida 57 yoshli ayolning vafot etganligini xabar bergandi. Uning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Gyumrida Rossiyaning 102-harbiy bazasi joylashgan.

Ma’lumot uchun:

2015-yilning yanvarida rossiyalik harbiy xizmatchi Valeriy Permyakov Gyumridagi uylardan birida bir oilaning yetti nafar a’zosini o‘ldirgan. Unga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

2017-yilning aprelida Gyumrida rossiyalik harbiy Dmitriy Yalpayev o‘ldirilgan bo‘lib, uning o‘limida ayblangan Stepanavana Arman Janjugazyan 22 yil qamoq jazosiga hukm qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют