» » YChL. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Benfika”da esa g‘alaba (video)

YChL. 6 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “Benfika”da esa g‘alaba (video)


12-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi “E” guruhida so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“Bavariya” safarda “Ayaks”ga qarshi maydonga chiqib, 3:3 hisobida durang qayd etdi. 13-daqiqada Robert Levandovski mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqiqada Dushan Tadich “Ayaks”ning javob golini kiritdi. Tadichning o‘zi 82-daqiada penaltidan gol urib dublga erishdi. 87-daqiqada esa Levandovski penaltini aniq amalga oshirdi. 90-daqiqada Kingsli Koman gol kiritib, “Bavariya”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yin yakuni Niklas Zyule o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinning durang ko‘rinishida yakunlanishiga sababchi bo‘ldi.

“Benfika” esa o‘z maydonida AYEKni qabul qilib, Aleks Grimaldoning 88-daqiqada kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi.

6-turdan so‘ng guruhdagi holat:

“Bavariya” va “Ayaks” 1/8 finalga yo‘l oldi. “Benfika” esa Yevropa Ligasida o‘ynaydi. AYEK uchun yevrokuboklar mavsumi yakunlandi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

6-tur bellashuvlari

12-dekabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 13 Levandovski, 1:1 – 61 Tadich, 2:1 – 82, penalti Tadich, 2:2 – 87, penalti Levandovski, 2:3 – 90 Koman, 3:3 – 90, avtogol Zyule.

Gol: 1:0 – 88 Grimaldo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют