» » O‘zbekistonda shakar ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari yana bir yilga uzaytirildi

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari yana bir yilga uzaytirildi


Mamlakatning xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, shakar ishlab chiqaruvchilarni import xomashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar qismiga qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Ilgari bu imtiyozning muddati 2019-yil 1-yanvargacha edi.

Shuningdek, 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan oziq-ovqatlar ro‘yxatidagi shakarqamish yoki lavlagi shakari va kimyoviy toza saxaroza o‘rniga xushbo‘y hid va ta’m beruvchi yoki ranglantiruvchi qo‘shimchalarsiz shakar xomashyosi kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatga qoramol, qo‘y va echkilar, qoramol go‘shti, qo‘y yoki echki go‘shti (muzlatilganidan tashqari), kartoshka, guruch, soya loviyasi, kungaboqar urug‘i, kunjut urug‘i kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют