» » Saudiya Arabistonidagi futuristik shahar qurilishi xavf ostida

Saudiya Arabistonidagi futuristik shahar qurilishi xavf ostida


Xorijiy investorlar qiymati 500 milliard AQSh dollar bo‘lgan loyihadan bosh tortmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

Arxitektor Norman Foster o‘z obro‘siga putur yetkazmaslik maqsadida Neom shahri qurilishida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi uning xorijiy investorlar yordamida modernizatsiya qilinadigan mutaasib qirollik barpo etish haqidagi rejalariga xavf solayotganini anglab yetmoqda. Uning Qizil dengiz sohilidagi qiymati 500 milliard AQSh dollarga teng eng jasoratli loyihasi bo‘lmish Neom shahri qurilishi xavf ostida qolmoqda.

Sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalar yordamida qurilishi lozim bo‘lgan Neom futuristik shahri avval ham juda qaltis loyiha sanalgan. Ammo oktabrda Qoshiqchi o‘limi bilan yuzaga kelgan diplomatik inqirozdan so‘ng ar-Riyod unga xorijiy mutaxassislar va zarur mablag‘ni jalb qilishi juda qiyin bo‘ladi. “Ushbu loyihaga hali ko‘p yillar hech kim investitsiya kiritmaydi”, — dedi shahzoda tadbirkorlar bilan uchrashuvda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют