» » Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida yangi jamg‘arma o‘z faoliyatini boshladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida yangi jamg‘arma o‘z faoliyatini boshladi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi huzurida Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish jamg‘armasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Qishloq joylarda doimiy ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlarini kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish;

Ishchi kuchi ko‘p bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, ayniqsa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi korxonalarni tashkil etish, bunda jamg‘armaning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini xususiy sheriklarga keyinchalik realizatsiya qilish shartini nazarda tutish;

Ish o‘rinlari tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют