» » Moliya vaziri: 2019-yilda Davlat budjeti daromadlari 102,6 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda

Moliya vaziri: 2019-yilda Davlat budjeti daromadlari 102,6 trln so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XVII yalpi majlisida senatorlar ishni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishdan boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qildi.

Qayd etilishicha, 2019-yilda Davlat budjeti daromadlari 102,6 trillion so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, bu esa 2018-yilga nisbatan 38% o‘sishni anglatadi. Davlat budjeti xarajatlarining umumiy summasi 107,1 trillion so‘mni yoki joriy yilga nisbatan 36,4 foizga ko‘proqni tashkil etadi.

Bunda ijtimoiy sohaga Davlat budjetidan sarflanadigan xarajatlar 57,8 trillion so‘mdan ortiqni yoki barcha xarajatlarning 54 foizini tashkil etadi (2018-yilga nisbatan o‘sish – 34,4 %). Bunda ta’limga sarflanadigan xarajatlar avvalgi yilga nisbatan 25,5 foizga oshadi va 28,4 trillion so‘mni yoki barcha xarajatlarning 49 foizini tashkil etadi. Sog‘liqni saqlashga sarflanadigan xarajatlar 2018-yilga nisbatan 30,5 foizga oshadi va 12,1 trillion so‘mni yoki barcha xarajatlarning 11,3 foizini tashkil etadi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam va kompensatsiyalar to‘lash uchun sarflanadigan xarajatlar 5,2 trillion so‘mni tashkil etadi, bu esa 2018-yilga nisbatan 61,8 foizga ko‘proqdir.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 478 ta aholi punktida yashash sharoitlarini yaxshilashga 6,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi. 2019-yilda Davlat budjeti taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasiga muvofiq 2019-yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish nazarda tutilmoqda. Mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki ham barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish orqali kamaytiriladi, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish nazarda tutilgan. Buning o‘rniga pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkorlar, mehnat faoliyati hisobga olinmaydigan shaxslar, shuningdek soliq bo‘yicha soliq agentlari hisoblanmaydigan manbalardan daromadlar oluvchi shaxslar uchun jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan yagona ijtimoiy to‘lov belgilanmoqda.

Bo‘lg‘usi yilgi Davlat budjetida budjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Keyingi yilda ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy to‘lovlar va stipendiyalarni har yarim yilda avvalgi yildagi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan miqdorda oshirish taklif etildi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy nafaqalar miqdorlarini mutlaq summada belgilash nazarda tutilmoqda.

Muhokama yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют