» » O‘zbekistonning yirik viloyatlaridagi 167 ta maktab bolalar salomatligiga xavfli pechlardan foydalanayotgani aniqlandi

O‘zbekistonning yirik viloyatlaridagi 167 ta maktab bolalar salomatligiga xavfli pechlardan foydalanayotgani aniqlandi


Oliy Majlis Senatining XVII yalpi majlisida nutq so‘zlagan Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekistondagi ayrim maktablarda bolalar hayotiga xavf soladigan isitish pechlaridan foydalanilayotgani haqida gapirdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Biz kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishini o‘rganish va mavjud kamchiliklarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida joylarda bo‘lganimizda, ijtimoiy xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalaridagi ahvolni yaxshilash bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirlik va idoralarga takliflar, zarur paytda ko‘rsatmalarni muntazam berib keldik.

Biroq, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur hududlardagi 167 ta maktab mo‘rili cho‘yan va qo‘lbola pechkalar bilan isitilmoqda. Boshqa viloyatlarda ham ahvol bundan yaxshiroq ekanligiga hech kim kafolat bermaydi.

Bolalarning sog‘lig‘iga va hatto hayotiga xavf soladigan, ularda surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradigan bu muammoni bartaraf etish bo‘yicha Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari qanday tashabbus yoki talab bilan chiqdi?

Agar bunday tashabbuslar, misol uchun, Moliya vazirligiga kiritilgan bo‘lsa, bu vazirlik qanday choralar ko‘rdi?

Bu holat ertaga mudhish oqibatlarni keltirib chiqarmasligiga kim kafolat beradi?

Holbuki, sizlar yaxshi xabardorsiz, ijtimoiy tarmoqlarda va favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining axborotlarida is gazidan zaharlanishning ayanchli holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez-tez tarqatilmoqda”, — deydi Senat raisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют