» » Taekvondo. Shokin va Rafalovich Xitoydagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi, g‘olib sportchiga 70 ming dollar beriladi

Taekvondo. Shokin va Rafalovich Xitoydagi musobaqani g‘alaba bilan boshladi, g‘olib sportchiga 70 ming dollar beriladi


Xitoyning Usi shahrida taekvondo WTF bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqa boshlandi. Unda O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi – Nikita Rafalovich (-80 kg) va Dmitriy Shokin (+80 kg) himoya qilmoqda.

Kecha har ikkala sportchi ham musobaqadagi dastlabki janglarini o‘tkazdi. -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich ilk davrada moldovalik Aaron Kukni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. Endi u navbatdagi jangini rossiyalik Maksim Xramsovga qarshi o‘tkazadi.

+80 kg vazndagi Dmitriy Shokin esa britaniyalik Mahama Choga qarshi dayanga chiqdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u yarim final yo‘llanmasi uchun koreyalik Kyo Don Inga qarshi jang o‘tkazadi. Chorak final janglari ertaga, 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchi 70 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Ikkinchi o‘rin 20 000, uchinchi o‘rinni egallagan sportchi esa 5 000 dollariga ega chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют