» » O‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning “Seul“ klubi futbolchisiga aylandi

O‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning “Seul“ klubi futbolchisiga aylandi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev Janubiy Koreyaning “Seul” klubiga o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, Aliboyev “Seul” bilan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, Ikrom 2021-yilgacha Janubiy Koreya klubi sharafini himoya qiladi.

Qayd etish joiz, “Seul” o‘zbekistonlik futbolchilar uchun begona emas. Server Jeparov 2010—2011-yillarda “Seul” sharafini himoya qilgan va jamoa bilan Janubiy Koreya chempioniga aylangan.?

“Seul” a’zosiga aylanganimdan xursandman. Klub tarixi boy, stadioni ham ajoyib. “Seul” vakillari meni iliq kutib olishdi. Ushbu klub safida Server Jeparov muvaffaqiyatga erishgan. Men ham “Seul” tarixiga kirishga umid qilaman” — deydi Aliboyev.

Ma’lumot uchun, Aliboyev joriy mavsum Superliganing 25 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Seul” joriy mavsum Janubiy Koreya chempionatida 11-o‘rinni egalladi (o‘zi 12 ta jamoa ishtirok etadi). Klub yuqori divizionda jon saqlab qolish uchun pley-off bahslarida ishtirok etdi va “Busan IPark” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:2 hisobida mag‘lub etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют