» » “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi


Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qonun O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va ularni tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Qonunda O‘zbekiston qonun hujjatlari tizimida xalqaro shartnoma maqomi, tayanch tushunchalar mustahkamlanmoqda, ushbu sohadagi terminlar va ta’riflar umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarga muvofiq keltirilmoqda, shuningdek xalqaro shartnomalarni tuzish tartibi aniq tartibga solinmoqda.

Qonunda O‘zbekistonning xalqaro shartnoma o‘zi uchun majburiy ekanligiga roziligini bildirishning quyidagi usullari belgilanmoqda: xalqaro shartnomani imzolash, notalar, xatlar yoki xalqaro shartnomani tashkil etuvchi boshqa hujjatlar almashish, xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish, unga qo‘shilish.

Qonunda xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan monitoring olib borish mexanizmlari belgilanmoqda, bu esa zamonaviy AKTdan foydalangan holda yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish, davlat organlari tomonidan har yili 31-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligiga xalqaro shartnomalarni bajarish to‘g‘risida axborot yuborish, xalqaro shartnomalar ijrosi holati samaradorligini baholash, ularning tegishlicha bajarilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash nazarda tutilmoqda.

So‘zga chiqqanlar qayd etganlaridek, Qonun davlat organlari ishlari samaradorligini oshirishga, ularning javobgarligini va ular tomonidan ishlab chiqiladigan hujjatlar sifatini oshirishga, tomonlar tarafidan bitimlar tegishlicha bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlashga, shuningdek yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish uchun oldini oluvchi choralar ko‘rishga, mamlakat tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri sifatida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini boyitish va takomillashtirishga, respublika uchun istiqbolli bo‘lgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzishga, xalqaro huquq umume’tirof etilgan normalarining ustunligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют