» » Xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘maklashish bo‘yicha konsulliklar funksiyalari kengaytiriladi

Xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘maklashish bo‘yicha konsulliklar funksiyalari kengaytiriladi


Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Konsullik ustavi GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Janubiy Koreya, MDH mamlakatlari kabi xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Hujjatda xorijda O‘zbekiston manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha konsullik muassasalarining asosiy vazifalari mustahkamlanmoqda.

Hujjatda fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, konsullik okrugi hududida yashash uchun mablag‘larsiz qolgan fuqarolarga ko‘maklashish, saylov huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni yo‘qotganda ko‘maklashish bo‘yicha konsul funksiyalari kengaytirilmoqda.

Konsullik mansabdor shaxsining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi belgilanmoqda, uning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari joriy etilmoqda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish, masalan, viza so‘rovnomalari, hujjatlarni talab qilib olish uchun arizalar berish, konsullik hisobiga olish kabi xizmatlar ko‘rsatishga doir konsullik funksiyalari mustahkamlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют