» » “Barselona”ga bosh murabbiy izlash missiyasi ochiq deb e’lon qilindi: mavsum yakunlangach Luis Enrike klubdan ketadi

“Barselona”ga bosh murabbiy izlash missiyasi ochiq deb e’lon qilindi: mavsum yakunlangach Luis Enrike klubdan ketadi


Ispaniyaning “Barselona” klubini yangi mavsumga yangi mutaxassis tayyorlaydi. Boisi amaldagi bosh murabbiy Luis Enrike chempionat yakunida klubni tark etishga qaror qildi.

Kelasi mavsumdan boshlab “Barselona”ni boshqarmasligimni ma’lum qilaman. Men klub bilan yangi shartnoma tuzmayman.

Rahbariyat bilan suhbatlashdim. Ular qaror qabul qilishda shoshmaslikni maslahat berdi. Biroq o‘ylashimcha, ketish vaqti keldi.

Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi

46 yoshli mutaxassis “Barselona”ni 2014-yilda qabul qilib olgandi va o‘tgan vaqt ichida yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutib oldi. U mamlakat chempionligini ikki bor qo‘lga kiritdi, kubogida ham shuncha marta zafar quchdi. Bir marta Ispaniya Superkubogida muvaffaqiyat qozondi. Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogini begona qilmadi. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Luis Enrike klubimiz bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Unda bu mavsum uchun ham qandaydir sovrin yutish imkoniyati bor, futbolchilar shunga ruhlantirilgan.

Biz Enrikening qarorini hurmat qilamiz. U jamoada yaxshi faoliyat olib bordi va umid qilamizki, bu yerdagi karyerasi ham yuqori notada intixo topadi.

Jozep Bartomeu, “Barselona” prezidenti

Xosep Gvardiola jamoani tark etganidan keyin uning muvaffaqiyatli yurishini aynan Enrike davom ettira olgandi. Murabbiyning ketish haqidagi fikriga ayni vaqtda “Manchester Siti”da faoliyat olib borayotgan Gvardiola ham o‘z munosabatini bildirdi.

“Barselona” muxlisi sifatida jamoaning ideal murabbiyini sog‘inib qolishim xafa qiladi. Uning boshqaruvida klub uch yil ajoyib futbol namoyish etdi.

Jamoam uchun qilgan mehnatlaring uchun rahmat, senga!

Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

La liganing so‘nggi turida “Barselona” Xixonning “Sporting” klubi ustidan 6:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdan keyin Luis Enrike o‘z qarorini futbolchilarga ham rasman yetkazib qo‘ydi.

Enrike bu haqda yechinish xonasida aytdi. Bu bilan u hammamizni hayron qoldirdi.

Ivan Rakitich, “Barselona” a’zosi

Опубликовано: admin (2-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют