» » Xitoyda chiqindini yo‘q qilish uchun milliardlab suvaraklar yetishtiriladi

Xitoyda chiqindini yo‘q qilish uchun milliardlab suvaraklar yetishtiriladi


XXR noodatiy yo‘l bilan chiqindi muammosini yechishga urunmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Mamlakatdagi maxsus korxonalarda chiqindilar bilan oziqlantirilayotgan milliardlab suvaraklar yetishtirilmoqda. Hasharotlar chiqindi yeyishga o‘rgatilishi lozim.

Szinan shahrida joylashgan ana shunday suvaraklar fabrikasida milliard suvaraklar bir kecha-kunduzda 50 tonnaga yaqin organik chiqindilarni yeydi. Hasharotlarga ozuqa maxsus quvurlar orqali beriladi.

Xitoylik tadbirkorlar suvarak zavodlarini butun mamlakat bo‘ylab qurmoqchi. O‘limidan so‘ng hasharotlar mollarga yem qilinadi, sababi suvaraklarda oqsil ko‘p.

Statistikaga ko‘ra, Pekin aholisi bir kunda 25 ming tonna chiqindi chiqaradi. 2017-yilda Xitoy poytaxti aholisi to‘qqiz million tonna chiqindi chiqargan. Yil sayin ushbu raqam ortib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют