» » O‘zbekistonda sirk xususiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin

O‘zbekistonda sirk xususiy kompaniya boshqaruviga berilishi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish hamda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda sirkni boshqaruv tizimi yillar davomida qoniqarsiz tashkil etilganligi, dasturlar va tomoshalarning badiiy saviyasi keskin pasayib ketganligi natijasida oxirgi 20 yilda tomoshalar soni 1 052 tadan  200-250 tagacha kamaygani qayd etilgan.

Shuningdek, sirk xodimlarining ish haqi miqdorlari pastligi, moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘qligi sababli kadrlar qo‘nimsizligi va mutaxassislarning yetishmasligi, keyingi yillarda malakali tor soha mutaxassislarning xorijiy davlatlar sirklarida ishlash uchun jo‘nab ketish holatlari tez-tez uchramoqda.

Bundan tashqari, gastrol faoliyatini amalga oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilmagan. Sirk hayvonlarini saqlashning antisanitariya ahvoldaligi va tomoshalarga tayyorlash darajasi pastligi, ularning sog‘lig‘iga va ko‘paytirish imkoniyatiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Hujjatda, Madaniyat vazirligi 2019-yil 1-iyunga qadar “O‘zbek davlat sirki”ni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha texnik, moliyaviy va boshqa shartlarni puxta shakllantirishi hamda  Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida 500-700 o‘ringa mo‘ljallangan yarim statsionar sirklarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullashiham mumkin.

Hujjat bilan batafsil Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tanishishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют