» » “Bavariya” YChLda 10 yildan beri qayd etmagan natijasini ko‘rsatdi

“Bavariya” YChLda 10 yildan beri qayd etmagan natijasini ko‘rsatdi


12-dekabr, chorshanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turida “Bavariya” safarda “Ayaks” bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi.

Shu tariqa “Bavariya” joriy mavsumda Chempionlar Ligasi guruh bahslarida bitta ham o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.

Opta’ning yozishicha, “Bavariya” so‘nggi marta Yurgen Klinsmann qo‘l ostida 2008/09-yilgi mavsumda guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlagan.

Guruhdagi boshqa o‘yinlarda myunxenliklar “Benfika” va AYEK ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Ayaks” bilan yana bir durangga imzo chekilgan. Guruhda Germaniya klubi birinchi, niderlandiyaliklar esa ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют