» » Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanidagi yong‘oqzorga ko‘chat o‘tqazdi

Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanidagi yong‘oqzorga ko‘chat o‘tqazdi


Prezident Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “Sag agro Yakkabog‘” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong‘oqzor va bodomzorlarni borib ko‘rdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 2017-yil 1-iyundagi “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda Prezidentning joriy yil yanvar oyidagi Qashqadaryoga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida tumanda “Sag agro Yakkabog‘” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 milliard so‘m mablag‘ evaziga 1140 gektar maydonda yong‘oqzor va bodomzorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni paytda 700 gektar maydonda yong‘oqning “Chendler”, “Cisco” va bodomning “Avijor”, “Guara” navli ko‘chatlari o‘tqazildi. Kelgusi yil yana 440 gektar maydonda mazkur daraxt ko‘chatlari ekiladi. Yong‘oqzor 4 yilda, bodomzor 3 yilda hosilga kiradi.

Mazkur bog‘ to‘liq barpo etilgach yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot olinadi. 500 nafar mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi. Yetishtirilgan mahsulotning 60 foizini eksportga chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Korxona kelajakda faoliyatini kengaytirish va eksport hajmini oshirishni rejalashtirgan.

Prezident bu yerga yong‘oq ko‘chati o‘tqazdi.

Davlat rahbari mahalliy tabiiy-iqlim sharoitlarga mos yong‘oqning serhosil plantatsiyalarini yaratish, hududlarda yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni yong‘oq yetishtirish jarayoniga joriy qilish, yong‘oq ko‘chatlarini parvarish qilishga jalb etiladigan agronomlarni yong‘oq plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri o‘tkazish bo‘yicha o‘qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu yerning o‘zida Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi zaxira yer maydonlarida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 2019—2020-yillarda pista, achchiq bodom, yong‘oq va chakanda (oblipexa) plantatsiyalarini tashkil etish hamda Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligida kurkachilikni rivojlantirish, mamlakatimizdagi o‘rmon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklarida pista plantatsiyalari barpo qilish, qorako‘lchilik, uzumchilikni rivojlantirish, “Nasaf agro impeks” MChJ tomonidan Kitob tumanida zamonaviy intensiv bog‘ tashkil etish loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat rahbariga viloyatda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют