» » Toshkentda “layklar” uchun Instagram’ga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora ko‘rdi

Toshkentda “layklar” uchun Instagram’ga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora ko‘rdi


Toshkent shahar IIBB “layklar” uchun Instagram’ga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora ko‘rdi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Instagram ijtimoiy tarmog‘iga o‘zlarini “blogerlar”, “vlogerlar”, “prankerlar” deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan ikkita videolavha joylashtirildi. Videolarning birida ikki nafar yosh yigitlar poytaxt supermarketlaridan birida o‘zlarini janjallashayotganday tutib, jamoat tartibini  buzganlari tushirilgan. Ikkinchisida esa “bezorilardan” biri o‘rtog‘i bilan transport vositasini olib qochishganini sahnalashtirishgan, shuningdek ularning mashinasi boshqa bir avtomobil tomonidan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan holda ta’qib qilinayotgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan Instagram’ga joylangan ushbu videolar o‘rganilib, unda ishtirok etgan yoshlarning shaxslari aniqlangan. Ular: oliy o‘quv dargohlardan birining talabalari – 20 yoshli Umidjon Sh. va Akbar A., 18 yoshli David T. va 17 yoshli Yevgeniy K.

Supermarketdagi “mojaro” videosida Umidjon va David ishtirok etgan. Ushbu fakt asosida ular O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga muvofiq mayda bezoriliklari uchun javobgarlikka tortildi.

Transport vositasini olib qochishni ham Umidjon sodir etgan. Uni ta’qib qilib kelayotgan Akbar Umidjonning onasiga tegishli avtomobilni boshqarib borgan. Olib qochilgan transport vositasi “rolini” esa Akbarga tegishli mashina ijro etdi. Ushbu fakt asosida Umidjon va Akbar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi bo‘yicha (“Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi”) javobgarlikka tortildi. Nima sababdan yigitlarga nisbatan qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqqanliklari, svetoforning taqiqlovchi belgisida harakatlanganlari va avtomobilni xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqarganlari uchun chora ko‘rilmadi, degan savol tug‘ilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasiga (“Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish”) muvofiq, biror bir shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, Umidjon Sh., Akbar A., David T. va o‘rtoqlarining harakatlarini videoga tushirgan Yevgeniy K. bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini martabasini oshirish bilan band bo‘lgan yoshlarni biror bir harakatni tasvirga olishdan oldin mulohaza qilishga chaqirdi. Yuqoridagi to‘rt nafar “qahramonlar” kabi video tasvirga olishdan oldin, jamoat tartibini buzmayotganligingizga va insonlarning hayotiga xavf tug‘dirmayotganligingizga ishonch hosil qiling. Chunki “blogerlar-vlogerlar-prankerlar” avtopoyga uyushtirganlarida insonlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘ygan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют