» » Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etiladi


Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qaror bilan Farg‘ona shahrida, Furqat, Quva, O‘zbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qo‘shtepa tumanlarida kichik sanoat zonalari (QSZ) tashkil etilishi belgilandi.

QSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi va ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Yer uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qaror Farg‘ona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют