» » Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan bordi

Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonga amaliy tashrif bilan bordi


Afg‘onistonning Balx viloyati voliysi Muhammad Is’hoq Rahguzarning taklifiga binoan Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Balxda bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, UZ24 ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Hayraton shahrida tantanali kutib olingan viloyat delegatsiyasi dastlab Respublikadan tranzit yuklar yetkazib beriladigan quruqlikdagi 2 va 3-sonli portlar, “Hayraton” daryo porti, shu nomdagi temir yo‘l bekati va neftni qayta ishlash zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Amaliy tashrifning asosiy tadbirlari Hayratondagi “Astras”mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ikki qo‘shni viloyat rahbarlari va delegatsiya a’zolari ishtirokida chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, Surxondaryoda afg‘onistonliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatish, temir yo‘l hamda boshqa sohalar mutaxassislarini tayyorlash maqsadida maxsus ta’lim markazining tashkil etilishi, ixtisoslashgan shifoxonada Afg‘oniston fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlarning yaratilishi, Termizda Afg‘oniston konsullik idorasining ish boshlashi ikki davlat chegaraoldi mintaqalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga katta e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.

Hozirda viloyatda afg‘on sarmoyasi asosida tashkil etilgan 90 dan ortiq qo‘shma korxona ishlab chiqarishning turli sohalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida Afg‘onistonga Surxondaryodan 33,5 mln. dollarlik 37,7 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

“Termiz kargo” eksport markazi O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi vazifasini o‘tamoqda. Yangi barpo etilayotgan “Termiz iqtisodiy zonasi” kelgusida Afg‘oniston bilan savdo aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot chog‘ida viloyatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, transport, tranzit, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют