» » Toshkentda layklar uchun Instagramga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora korildi

Toshkentda layklar uchun Instagramga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora korildi


Toshkent shahar IIBB layklar uchun Instagramga bezoriliklari aks etgan videoni joylashtirgan yoshlarga nisbatan chora kordi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Instagram ijtimoiy tarmogiga ozlarini blogerlar, vlogerlar, prankerlar deb hisoblaydigan bir guruh yoshlar tomonidan tayyorlangan ikkita videolavha joylashtirildi. Videolarning birida ikki nafar yosh yigitlar poytaxt supermarketlaridan birida ozlarini janjallashayotganday tutib, jamoat tartibini buzganlari tushirilgan. Ikkinchisida esa bezorilardan biri ortogi bilan transport vositasini olib qochishganini sahnalashtirishgan, shuningdek ularning mashinasi boshqa bir avtomobil tomonidan yol harakati qoidalarini qopol tarzda buzgan holda taqib qilinayotgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBB tomonidan Instagramga joylangan ushbu videolar organilib, unda ishtirok etgan yoshlarning shaxslari aniqlangan. Ular: oliy oquv dargohlardan birining talabalari 20 yoshli Umidjon Sh. va Akbar A., 18 yoshli David T. va 17 yoshli Yevgeniy K.

Supermarketdagi mojaro videosida Umidjon va David ishtirok etgan. Ushbu fakt asosida ular Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 183-moddasiga muvofiq mayda bezoriliklari uchun javobgarlikka tortildi.

Transport vositasini olib qochishni ham Umidjon sodir etgan. Uni taqib qilib kelayotgan Akbar Umidjonning onasiga tegishli avtomobilni boshqarib borgan. Olib qochilgan transport vositasi rolini esa Akbarga tegishli mashina ijro etdi. Ushbu fakt asosida Umidjon va Akbar Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 135-moddasi boyicha (Yol harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bolmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) javobgarlikka tortildi. Nima sababdan yigitlarga nisbatan qarama-qarshi harakat yoliga chiqqanliklari, svetoforning taqiqlovchi belgisida harakatlanganlari va avtomobilni xavfsizlik kamarini taqmagan holda boshqarganlari uchun chora korilmadi, degan savol tugilishi mumkin. Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 34-moddasiga (Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun mamuriy jazo qollanish) muvofiq, biror bir shaxs bir necha mamuriy huquqbuzarlik sodir etgan bolib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning ozida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan korib chiqilayotgan bolsa, bu shaxsga nisbatan qollaniladigan uzil-kesil jazo ogirroq mamuriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qollaniladi.

Bundan tashqari, Umidjon Sh., Akbar A., David T. va ortoqlarining harakatlarini videoga tushirgan Yevgeniy K. bilan profilaktik suhbat otkazildi.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda ozini martabasini oshirish bilan band bolgan yoshlarni biror bir harakatni tasvirga olishdan oldin mulohaza qilishga chaqirdi. Yuqoridagi tort nafar qahramonlar kabi video tasvirga olishdan oldin, jamoat tartibini buzmayotganligingizga va insonlarning hayotiga xavf tugdirmayotganligingizga ishonch hosil qiling. Chunki blogerlar-vlogerlar-prankerlar avtopoyga uyushtirganlarida insonlar xavfsizligini xavf ostiga qoygan, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-12-2018, 20:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -