» » Putin Yelsinning prezidentlikka nomzodini qo‘yish taklifiga tayyor bo‘lmaganligini bildirdi

Putin Yelsinning prezidentlikka nomzodini qo‘yish taklifiga tayyor bo‘lmaganligini bildirdi


Rossiya davlatining yetakchisi Vladimir Putin RFning birinchi prezidenti Boris Yelsin unga taklif qilganda prezidentlik kasbini tanlamaganligi, chunki bunga tayyor bo‘lmaganligini ma’lum qildi. Bu haqda u Yaroslavlda “Proyektoriya” forumi doirasidagi ochiq darsda yoshlarga so‘zlab berdi, deb yozadi “Vesti”.

Yelsin prezidentlik saylovlarida qatnashishi uchun Putinning nomzodini Davlat dumasiga bosh vazir sifatida taklif etilishiga roziligini so‘raganda, u rad javobini bergan.

Vladimir Putin Yelsin bunday javobni eshitib, juda hayratlanganligi va sababini so‘raganligini ta’kidladi.

Putinning so‘zlariga qaraganda, u davlat tuzilmalarida ancha vaqt ishlaganligiga qaramasdan, bunday lavozimga tayyor emasligini bildirgan.

“Sizlarga hayotingizdagi muhim qarorni qabul qilishga imkon boricha ertaroq tayyor bo‘lishingizni tilayman”, — dedi davlat rahbari o‘quvchilarga murojaat qilib.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 20:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют