» » Senat yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi

Senat yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi


Bugun, 13-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan majlisda 19 masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala senatorlar tomonidan qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Soliq stavkalariga oid asosli savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

Shuningdek, majlis davomida 17 ta qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. Ushbu masala bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shu bilan yalpi majlis birinchi ish kuni yakuniga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют