» » Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Hujjat bilan turgan joyi bo‘yicha hisobga olishga doir davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi mumkin.

Fuqarolarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olishga doir davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, hisobda turish uchun fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kunidan boshlab o‘n kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi Davlat xizmatlari markazlariga (shaxsan o‘zi kelib) yoki YaIDXP orqali elektron tarzda murojaat qiladi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilingan hollarda fuqaro va turar joy egasi nomidan Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda tegishli shakldagi so‘rovnoma elektron ravishda to‘ldiriladi.

So‘rovnoma quyidagi hujjatlarga asosan to‘ldiriladi:

Uy-joy mulkdori va fuqaroning pasporti;

Uy-joy hujjatlari;

16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zobitining shaxsiy guvohnomasi va pasport nusxasi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют