» » Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday olib borilyapti?

Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday olib borilyapti?


Ayni kunlardagi dolzarb vazifalardan biri — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni o‘rganish mobaynida aniqlangan birgina muammo yoki kamchilikning hal etilishi odamlarni qanchadan-qancha tashvishlardan xalos etadi. Xo‘sh, Buxoro viloyatida ushbu yo‘nalishdagi ishlar qanday olib borilyapti? Qayd etilgan kamchiliklar qay darajada bartaraf etilyapti? O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Tuyg‘un Azimovga shu kabi savollar bilan murojaat qildi.

— Hududlardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganilishi asnosida shunga amin bo‘ldikki, hali qilinajak vazifalar ko‘p ekan, — deydi Tuyg‘un Azimov. — Chunonchi, viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari, litsey va kollejlar, boshqa ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi xonadonlarida ayni yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilinganda, odamlarni qiynayotgan ko‘plab muammolarga duch kelindi. Viloyat adliya boshqarmasi va Buxoro tuman adliya bo‘limi hamkorligida tumandagi Bog‘ikalon qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan sayyor qabul jarayonida mazkur hududdagi Qo‘shqodim qishlog‘ida xonadonlar belgilangan muddatda suyultirilgan gaz balonlar bilan ta’minlanmagani aniqlandi. Shu kuniyoq aholiga suyultirilgan gaz balonlari berildi.

Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi va Kogon tuman adliya bo‘limi hamkorligida tumandagi “Xo‘ja-Yakshanba” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan sayyor qabul paytida ham ana shunday muammo aniqlanib, o‘sha kuni 108 ta xonadonga suyultirilgan gaz balonlari tarqatildi.

Bunday noxush holatlarning ta’lim muassasalarida uchrayotgani achinarli. Buxoro tumanidagi 13-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida gaz bosimi past bo‘lib, sinf xonalari belgilangan me’yor darajasida isitilmagan. Natijada o‘quvchilar sovuq xonalarda saboq olayotganiga guvoh bo‘ldik. Tuman adliya bo‘limi tomonidan muammo joyida hal etilib, gaz bosimi mo‘tadil holatga keltirildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga adliya idoralari tomonidan taqdimnoma va ogohnomalar kiritildi.

Bu borada o‘rganishlar uzluksiz ravishda davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют