» » Qashqadaryo adliya boshqarmasi ko‘magida bir qator maktablar gaz tarmog‘iga ulandi

Qashqadaryo adliya boshqarmasi ko‘magida bir qator maktablar gaz tarmog‘iga ulandi


O‘zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, shuningdek, turar-joylar va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha qonun hujjatlari ijrosi adliya organlari tomonidan o‘rganib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Isoqov quyidagilarni ma’lum qildi:

— Ayni kunlarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga, qishning sovuq kunlarida odamlarning qiynalib qolmasligi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bevosita joylarda bo‘lib haqiqiy ahvol bilan yaqindan tanishish jarayonida ancha kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Masalan, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarga ko‘mir mahsulotlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani, ko‘mir mahsulotlari vaqtincha saqlanayotgan omborlarda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmayotgani, ijtimoiy va turar joy obyektlarining tom qismlari ta’mirlanmagani, isitish tizimlari ta’mirtalab yoki xonalar ichida nosoz joylashtirilgani, suyultirilgan uglevodorod gazi, isitish tizimlari, elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi uzilishlar, havo harorati davlat standartlari va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasligi bilan bog‘liq holatlar shular jumlasidandir.

Jumladan, Koson tumanida joylashgan 2, 5, 33, 85 va 94-sonli maktablar gaz tarmog‘iga ulanmagani aniqlandi. Tuman adliya bo‘limining amaliy yordami bilan ushbu ta’lim muassasalari gaz tarmog‘iga ulandi. Tumandagi 41 va 42-sonli maktablarga 22 tonna ko‘mir yetkazib berildi.

Qarshi tumanidagi 1 va 33-sonli maktablar qarzdorligi bo‘lgani sababli gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan ekan. Ushbu holat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan xalq ta’limi bo‘limiga ko‘rsatma berilib, gaz hisoblagichlar o‘rnatildi va qayta tarmoqqa ulandi.

Viloyatning olis hududlaridan biri Dehqonobod tumanidagi Aerodrom mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 89-sonli maktabda ko‘mir kamligi aniqlanib, tuman adliya bo‘limining amaliy yordami bilan qo‘shimcha 3 tonna ko‘mir olib berildi.

Qayd etilgan holatlar o‘z vaqtida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilib, qonunbuzilishlariga barham beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2018, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 30) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют