» » Yangi Toyota Supra’ning birinchi nusxasi auksionda sotiladi

Yangi Toyota Supra’ning birinchi nusxasi auksionda sotiladi


Toyota kompaniyasi seriyali yangi avlod Supra avtomobilining birinchi nusxasini Barrett-Jackson auksionida sotadi. Savdo AQShning Arizona shtatidagi Skotsdeyl shahrida 2019-yilning 19-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Sport mashinasining jahon premyerasi Detroyt avtosalonida 14-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Sportkar AQSh bozoridagi so‘nggi 20 yil ichidagi birinchi Supra bo‘ladi. Avtomobilni sotishdan tushgan daromad Amerika kardiologlari assotsiatsiyasiga va Bob Vudraff jamg‘armasiga xayriya sifatida yo‘naltiriladi. Jamg‘arma 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan teraktda jabrlangan veteranlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют