» » Sirdaryoda soliqdan qarzdor fermer xo‘jaligini bankrot etib berishni va’da qilgan soliqchiga hukm chiqarildi

Sirdaryoda soliqdan qarzdor fermer xo‘jaligini bankrot etib berishni va’da qilgan soliqchiga hukm chiqarildi


Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani davlat soliq idorasi bo‘lim boshlig‘i Ahmadjon Yo‘ldoshev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tumandagi “Suvli soy jilg‘asi” fermer xo‘jaligining soliq va majburiy to‘lovlardan bo‘lgan 4 million 150 ming so‘m qarzdorligini aniqlab, bundan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishni rejalashtirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U xo‘jalik rahbari Hayitqul Dadaboyevni huzuriga chaqirib, soliq va majburiy to‘lovlardan ancha-muncha qarzi borligini, ish sudga oshib, majburiy ijro orqali nomidagi bor mol-mulk, moddiy qimmatliklar musodara bo‘lishi mumkinligini aytadi.

Bu gaplardan boshi qotgan Hayitqulning joniga Ahmadjon oro kiradi. Fermerga o‘limdan boshqa hamma narsaning iloji borligini, arzimagan 3 million so‘m evaziga xo‘jalikni bankrot deb e’lon qildirishini, shu orqali soliq va boshqa barcha qarzdorliklarni so‘ndirish mumkinligini aytadi. Fermer xaloskor bo‘lib ko‘ringan Ahmadjonning “beg‘araz yordam”iga rozi bo‘ladi.

Hayitqul Dadaboyev joriy yil 14—18-yanvar kunlari deyarli har kuni Ahmadjonning yoniga kelib, tez orada va’da qilingan pulni olib kelib berishini, turli sabablarga ko‘ra hozircha imkoni bo‘lmayotganini bildiradi.

“Hayitqul Dadaboyev oldimga kelganida, va’da qilgan puldan zarurat tufayli ozrog‘ini ishlatib qo‘yganini, shu sababli hozircha 2,5 million so‘m berishga imkoni borligini aytdi. Har gal kelganida moddiy tomondan qiynalgani haqida gapirar edi, shu bois uning bu taklifiga rozi bo‘ldim”, deb sudda o‘z aybiga iqror bo‘ldi Ahmadjon Yo‘ldoshev.

Ahmadjon Yo‘ldoshev Sardoba tuman davlat soliq inspeksiyasidagi xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 2,5 million so‘m olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalil bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Sud hay’ati sudlanuvchi Ahmadjon Yo‘ldoshevga nisbatan jazo tayinlashda uning o‘z qilmishidan pushaymonligi, 3 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, muqaddam sudlanmaganini jazoni yengillashtiruvchi holatlar, deb baholadi va unga nisbatan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emasligi ham inobatga olindi.

Sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib, uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish imkoni bor, degan qat’iy xulosaga kelindi. A.Yo‘ldoshevga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

A.Yo‘ldoshev mazkur jinoyatni o‘zi egallab turgan lavozimi bilan bog‘liq holda sodir etgani e’tiborga olinib, kelajakda yana shunday jinoyatlar sodir etishining oldini olish maqsadida sud hay’ati unga nisbatan moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Sud hay’ati jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini inobatga olib, A.Yo‘ldoshevga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini bekor qildi va uni sud zalidan ozod etishni lozim topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют