» » Navoiyda “Qizilqumsement”ning 116 nafar xodimi ovqatdan zaharlanish bo‘yicha nazoratga olindi

Navoiyda “Qizilqumsement”ning 116 nafar xodimi ovqatdan zaharlanish bo‘yicha nazoratga olindi


“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati xodimlarining 116 nafari ovqatdan zaharlanish bo‘yicha Navoiy viloyatidagi davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari tomonidan tekshiruv nazoratiga olindi. Bu haqda markaz bosh vrachi o‘rinbosari Shokir Po‘latov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.

Joriy yilning 7-dekabr kuni zavodda tungi navbatchilikda ishlagan xodimlarning bir nechtasida qusish, ich ketishi va isitma ko‘tarilishi holatlari kuzatilgan. Vaziyat o‘rganilganda, ularning barchasi navbatchilik kuni soat 23:00 da tashkilot oshxonasida ovqatlangani va noxush holatlar shundan so‘ng sodir bo‘lgani aniqlangan.

O‘sha kuni 195 nafar ishchi-xodim tungi navbatchilikda ishlagan, shulardan 116 nafari oshxonada ovqatlangan.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrach o‘rinbosari Dehqon Boymurodovning aytishicha, 8-dekabr kuni erta tongda 4 nafar, keyinroq yana 6 nafar zavod ishchisi qusish, ich ketishi va isitma ko‘tarilishi kabi shikoyat bilan kelgan. Ularning oshqozon-ichak tizimida buzilish kuzatilgan. Biroq shifokor bemorlarning ovqatdan zaharlangani to‘g‘risida aniq ma’lumot bermadi.

Davlat sanitariya epidemiologiya markazi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, zavodda oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti bilan shug‘ullanadigan sexning faoliyati 12 kungacha to‘xtatib qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют